O‘zbekistonda 500 ming dollardan ortiq mablag‘ kontrabandasi oldi olindi

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga muvofiq naqd valyutani kontrabandasi uchun 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbek chegarachilari Qirg‘izistonga 500 ming dollardan ortiq mablag‘ kontrabandasining oldini olishdi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" telekanali.

O‘zbekistonda yevro kursi tushib ketdi

Xabarda aytilishicha, chegarachilar ruxsat etilmagan joydan chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni ko‘rishgan. Uning yonida katta sumka bo‘lgan. Ushbu shaxsdan to‘xtash talab etilganda u sumkasini tashlab, qochib ketgan.

"Sumkada skoch bilan o‘ralgan 5, 15, 30 ming dollar o‘ramlar borligi aniqlangan. Valyutaning umumiy qiymati 573,280 dollarni tashkil qildi", — deb aytilgan xabarda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqbuzarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga muvofiq naqd valyutani kontrabandasi uchun 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida muntazam ravishda valyuta kontrabandachilari qo‘lga olinadi. O‘tgan yil dekabr oyida o‘zbek chegarachilari Namangan viloyatida yashovchi 2 nafar fuqaro qo‘lga olingan. Ular 469 ming dollar va 4,1 million Rossiya rubli kontrabanda qilishda gumon qilingan.