Bugun jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati tanishtiriladi

Yig‘ilish O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat uchda boshlanishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Bugun, 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

"Tadbirda sport jamoatchiligiga yangi vazirlikning rahbariyati tanishtiriladi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olinadi", — deyiladi xabarda.

Yig‘ilish O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat 15:00 da boshlanishi kutilmoqda.