Chimonda bo‘ron ogohlantiruvi e’lon qilindi

Fuqarolardan ehtiyot choralari ko‘rilishi so‘ralgan
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimonda bo‘ron ogohlantiruvini e’lon qildi.

"ChIMON" hududida 2018-yilning 16-fevral soat 08:00 dan 17-fevral soat 08:00 gacha KO‘ChKI XAVFI e’lon qilindi.

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam" raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz", — deyiladi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazining xabarida.