Moskvada ko‘cha supuruvchilar necha pul maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Moskva meri o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, shahar kommunal xizmatlarida ishlaydiganlarning maoshi oxirgi yillarda 2,5 baravar oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Moskva meri o‘rinbosari Petr Birukov aytishiga qaraganda kommunal xizmatlar sohasida maoshlar oxirgi yillar davomida 2,5 baravar oshgan va xususiy kompaniyalar to‘laydigan maosh bilan tenglashgan. "Rossiyskaya gazeta" ma’lumoti asosida.

“Hududlarni tozalaydigan ko‘cha supuruvchilar normativ bo‘yicha oyiga – 45 000 rubl maosh oladi, mexanizatorlar, slesar va santexniklar – o‘rtacha 60 ming rubl maosh oladi”, — dedi Birukov.

Mer o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Moskva kommunal xizmatlarida ishlayotganlarning ko‘pchilligi – boshqa hududlardan kelgan rossiyaliklar, migrantlar emas.

“Poytaxtdagi turar joy fondining 72% ga xizmat ko‘rsatadigan "Jilishnik" davlat-budjet muassasasida 40% — Moskva shahar va viloyati aholisi, 30% — boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolar ishlaydi”, — dedi mer o‘rinbosari.   

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahrida hududlarni tozalashga jalb qilinayotgan mehnat migrantlari doimiy va mavsumiy tartibda yollanadi. Ularning bir qismi doimiy tartibda ishlasa, boshqalari ish ko‘paygan qish va bahor mavsumida yollanadi.