Inkassator avtomobili avtobus bilan to‘qnashdi

YTHda transport vostalaridan tashqari hech kim zarar ko‘rmadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Bugun tong soat 08:00 da Toshkentdagi Minor metrosi yaqinidagi chorrahada yo‘lovchi avtobus va inkassator avtomobili to‘qnashib ketdi, deb xabar qilmoqda, uznews.uz YHXB xabariga asosan.

To‘qnashuvda “Mersedes” rusumli avtobusning oldchap tarafi jiddiy shikastlangan. “Kamaz” rusumli zirhlangan inkassator avtomobilining esa oldi qism shikastlangan.

DTP avtobusa i inkassatorskoy mashini
Xabarda aytilishiga ko‘ra, YTH 72 raqamli yo‘lovchi avtobus inkassator mashinasiga yo‘l bermagani oqibati sodir bo‘lgan.

Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. Voqea joyiga  YHXB xodimlari yetib kelib vaziyatni o‘rganmoqda.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu YTHda avtobus haydovchisi qurbon bo‘lgan, 7 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Bu haqida Facebookdagi "Kritika i rekomendatsii" guruhi xabar bermoqda.