TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Tojikiston milliy banki O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegara hududlarida valyuta almashtirish shoxobchalarini ochishni rejalashtirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston So‘g‘d viloyatidagi Milliy bank vakolatxonasiga tayangan holda.
"Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada nazoratdan o‘tish joylari yonida valyuta almashtirish shoxobchalari o‘z ish faoliyatini boshlaydi", — deyilgan xabarda.
Tojikiston milliy banki xodimining fikriga ko‘ra, bu qadam chegaradagi vaziyatni yanada yaxshilashga olib keladi. Nazoratdan o‘tish joylari yonida valyuta almashtirish shahobchalari bo‘lmaganligi tufayli fuqarolar qora bozorda valyuta almashtirishga majbur bo‘lishgan.
Bank va kredit tashkilotlar shanba va yakshanba kunlari ishlamaganda hattoki Xo‘jandda valyuta almashtirish juda qiyin.