Sabitov O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish qancha davom etishi haqida

Ekspert O‘zbekistonda yaqin ikki-uch yil davomida iqtisodiy o‘sish davom etadi, undan keyingi vaziyat esa prezident Shavkat Mirziyoyev qaysi yo‘lni tanlashiga bog‘liq bo‘ladi, degan fikrda
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti fondi qoshidagi jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti eksperti Jaqsiliq Sabitov Sputnik radiosi efirida mamlakat rahbari o‘zgarishi vaqtida iqtisodiy o‘sish sur’atlari har doim ikki barobar ko‘proq bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 152-o‘rinda joylashdi
"Yaqin ikki-uch yil ichida O‘zbekistonda texnik iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi. Uning qanday davom etishi, Shavkat Mirziyoyevning o‘zi iqtisodiy liberalizatsiyaga o‘rnatadigan chegaraga bog‘liq bo‘ladi. Agar u, misol uchun Qozog‘istonda 90-yillarda o‘tkazilgan, ultraliberal islohotlar yo‘lidan borsa, u holda bu o‘sish 10-yil davom etishi mumkin, deya taxmin qilish mumkin", — deb qayd etdi ekspert.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, agar Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davridagi pozitsiyada qat’iy qolsa, u holda iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘rta bo‘lib, sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmaydi.