TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda maktabgacha ta’lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda bildirilishicha, yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan meyorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda.