Uzmobile Andijonda 17ta aloqa obyektini ishga tushirdi

Ishga tushirilgan obyektlar aloqa sifatlarini yaxshilash bilan birgalikda mijozlar uchun bir qator yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Uzmobile uyali aloqa kompaniyasi Andijon viloyati hududida  yanvarb oyi davomida 17 ta aloqa obyektlari foydalanishga topshirdi, deb xabar qilmoqda Aloqa va telekommunikatsiya nazorati davlat inspeksiyasi.

“Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Uzmobile obyektlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, vakolatli organlarning xulosalariga asosan 17 ta aloqa obyektlari foydalanishga qabul qilindi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Ushbu aloqa obyektlari aloqa sifatlarini yaxshilash bilan birgalikda mijozlar uchun bir qator yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Uzmobile O‘zbekistonda eng yirik telekommunikatsion operator bo‘lib, u fuqaro va kompaniyalarga, shuningdek uyali aloqa operatorlariga turli xizmatlar taklif qiladi. Jumladan, aloqa kanallarini ijaraga berish, xalqaro aloqa xizmatlari, simli va simsiz aloqa xizmatlari, axborot uzatish, Internetga ulanish va boshqa kommunikatsiya turlarini taklif qiladi.