Samarqandda "chiroyli" avtomobil raqamlarini o‘g‘irlab ketib pul talab qilishmoqda

Mashina old oynasiga uning egasi Qiwi-hamonga 5 dollar pul o‘tkazishi kerakligi yozilgan maktub yopishtirib ketilgan
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Samarqandda avtomobillarning davlat raqamlarini o‘g‘irlab, ularni qaytarish uchun pul talab qiladigan shaxslar paydo bo‘ldi. Bu haqda UzNews.uz xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, sayt tahririyatiga Samarqandda yashovchi jabrlanuvchilardan biri murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 12-fevral kuni u uyi yaqiniga qo‘yilgan "Lasetti" rusumli avtomobilining raqamlari yo‘qligini hamda transportining yon qismida tirnalgan izlarni ko‘rgan.

Bundan tashqari, mashina old oynasiga uning egasi Qiwi-hamonga 5 dollar pul o‘tkazishi kerakligi yozilgan maktub yopishtirib ketilgan. Maktubda pul o‘tkazilishi bilan bir sutka ichida mashina davlat raqamini qayerdan topish mumkinligini xabar qilishlari aytilgan.

V Samarkande massovo voruyut avtomobilnie nomera i trebuyut za nix vikup

Samarqand huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning UzNews.uzga ma’lum qilishicha, keyingi vaqtda shaharda avtomobil davlat raqamini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 30dan ortiq holat qayd etilgan.