Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

Shu yerda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "PROlogue" xalqaro kinofestival taqdimoti o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Fransiyada o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor "Uzbekistan" paviloni tashkil etiladi.

“O‘zbekkino” kinoloyihalar uchun ssenariylar tanlovini e’lon qildi

"Bu borada Kinematografiyani rivojlantirish markazi Kann kinofestival direksiyasi bilan shartnoma imzolagan", — deyiladi "Jahon" AA xabarida.

Respublika paviloni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.

Pavilon qatnashchilari mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatimizning kino sanoati haqida ma’lumotlar taqdim etadi. Shu yerda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, joriy yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan "PROlogue" loyihasi taqdimoti ham o‘tkaziladi.