O‘zbekistonda yevro kursi tushib ketdi

O‘zbekiston Markaziy banki 13-fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 13-fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdori e’lon qilindi

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi atigi 1,38 so‘mga ko‘paydi va 8188,33 so‘mni tashkil qildi.

Yevroning kursi esa 139,12 so‘mga arzonlashib, 10057,73 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli ham 3,90 so‘mga arzonlashdi va 140,96 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.