O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda

Axborot texnologiyalari va Adliya vazirliklari tomonidan respublikada elektron tijorat sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar umumlashtirilmoqda. So‘rov 16-fevralgacha qadar davom etadi
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish va Adliya vazirliklari respublikada elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni yig‘ishmoqda, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston mahsulotlari eBay, AliExpress elektron savdo maydonlarida sotiladi

So‘rovning natijalari "O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida"gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda qo‘llanadi.

So‘rov 16-fevral kuniga qadar davom etadi. Unda barcha fuqarolar o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 22-yanvarda O‘zbekiston prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqishi belgilangan.