TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston turizm qo‘mitasi sayyohlarga Buxoro amirligi davriga sayohat qilish imkonini taqdim etmoqda, deb xabar qildi qo‘mita matbuot-xizmati.
15 Yanvar 2018, 18:58
Endilikda qadimiy Ark qal’asida teatrlashtirilgan tomoshalar yo‘lga qo‘yilgan.
Loyihaga ko‘ra, tomoshabinlarga Buxoro Amirining rasmiy chiqishlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, tomoshalarning birida Amirning Eron, Xitoy va Rossiyadan kelgan elchilarni qabul qilish marosimiga guvoh bo‘lish mumkin.
Tomosha kichik konsert dasturi bilan yakunlanadi.
Ta’kidlanishicha, turizm qo‘mitasi xuddi shunday loyihalarni Samarqand, Shahrisabz, Qo‘qon singari boshqa tarixiy markazlarda ham hayotga tatbiq etishni rejalashtirgan.