O‘zbek-afg‘on xavfsizlik komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda tomonlar hududiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan Afg‘onistonga yordam berish masalasini muhokama qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida 10-fevral kuni o‘zbek-afg‘on qo‘shma komissiyasining xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Komissiya tarkibiga ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari, kuch tizimlari hamda huquqni saqlash organlari vakillari kirgan.

Tomonlar terrorchilik v ekstremizmga,  qurol-yarog‘ savdosiga, narkotik moddalar noqonuniy savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash istiqbollarini muhokama qilishdi.

Majlis ishtirokchilari Afg‘onistondagi tinchlik, rivojlanish va xavfsizlik hamda Markaziy Osiyodagi uzoq muddatli barqarorlik orasida yaqin bog‘liqlik borligini qayd etishdi.

Markaziy Osiyoni tinchlik, hamkorlik va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish maqsadida, Afg‘oniston muammosini hududiy hamkorlikni kengaytirish va siyosiy-diplomatik uslublar yordamida hal qilishning muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkentda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.