TOShKENT, 10 fev — Sputnik. 8-fevral kuni Toshkentga Belorussiyadan katta va o‘rta hajmdagi "MAZ Lotos" rusumli ikkita tajriba avtobusi keltirildi. Bu haqda "Toshshahartrans" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu avtobuslar tabiiy gaz vositasida yuradi.
Ushbu avtobuslarning poli past bo‘lib, nogironlar aravachalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulaylik yaratuvchi maxsus qurilma bilan jihozlangan.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslar "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibiga kiruvchi avtoparklarda sinovdan o‘tkaziladi.