O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Bunga qadar Ilhom Qutlimurodov 2017-yil sentabridan buyon mazkur boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

IIV tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayangan holda UzNews.uz xabar berdi.

Polkovnik Qutlimurodov Ilhom Madiyarovich Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Ilhom Qutlimurodov 2017-yil sentabridan buyon mazkur boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

2016 yil avgustda Qutlimurodov "Jasorat" medali bilan taqdirlangan.