"Baron - 2"da o‘nga yaqin davlatning eng mashhur aktorlari ishtirok etadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozog‘ison, Tojikiston kabi davlatlardan taniqli aktorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. "O‘zbekkino" milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hindistonlik kinoijodkorlar Bobur haqidagi filmni O‘zbekistonda tasvirga olmoqchi
Kun tartibida ko‘rilgan masalalar orasida "Baron — 2" filmi haqida ham so‘z bordi.

Jumladan mazkur filmga taniqli chet ellik kinoaktorlarning jalb etilayotgani, kartinani bir qator xorijiy mamlakatlarda tasvirga olish ko‘zda tutilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, ijodiy guruhga ssenariydagi ayrim juz’iy kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Rejissor Rustam Sa’diyev mazkur loyiha ilk "Baron" filmi kabi tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olishiga umid bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozog‘ison, Tojikiston kabi davlatlardan taniqli aktorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.