Farg‘ona viloyatining uchta tumanida hokimlar o‘zgardi

Viloyatning Rishton, So‘x va Buvayda tumanlarida hokimlar o‘zgardi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatining uchta tumanida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

G‘ayrat Mamadaliyev Rishton tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Bungacha So‘x tumani hokimi bo‘lib ishlagan Tavakkaljon Rahimov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.

Tavakkal Rahimovning o‘rniga Farrux O‘sarov So‘x tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Behzod Ibragimov Buvayda tumani hokimi etib tayinlandi.