Pxonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Komil To‘xtayev ertaga bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Pxonchxandagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi, delegatsiya a’zolari, Pxonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min ishtirok etishdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

V Pxenchxane podnyat flag Uzbekistana

Ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston sharafini figurachi Misha Ge va tog‘ chang‘ichisi Komil To‘xtayev himoya qilishadi. Komil To‘xtayev ertaga bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.