Murojaatlar bilan ishlashda eng zo‘r bo‘lgan hokimlar e’lon qilindi

Prezident virtual qabulxonasi tomonidan tuzilgan reytingda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda eng ko‘p jonbozlik ko‘rsatgan viloyat hokimlari o‘rin olgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida aholi murojaatlari bilan ishlashda eng ko‘p jonbozlik ko‘rsatgan viloyat hokimlari reytingi e’lon qilindi.

Unda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilning yanvar oyida qanoatlantirilgan murojaatlar foizi bo‘yicha birinchi o‘rinda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, kelib tushgan 4930ta murojaatning 76% qanoatlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev kelib tushgan 6573 murojaatdan 71 % qanoatlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev esa kelib tushgan 5337 murojaatdan 71% ni qanoatlantirgan.

“Bu ko‘rstakichlar kelib tushayotgan murojaatlarining qanoatlantirish darajasini ko‘rsatadi xolos. Olib borayotgan hokimlik faoliyatiga baho emas”, — deb eslatib o‘tgan guruh administratori Mansur Abdu.

Eslatib o‘tamiz, 24-yanvarda e’lon qilingan reytingda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov va Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovlar o‘rin olgan edi.