O‘zbekistondagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ommaviy diktant tadbiri o‘tkaziladi

Tadbirda o‘zining savodxonlik ko‘rsatkichini aniqlashni xohlovchi fuqarolar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar
Sputnik

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Shu yilning 20-oktabrida O‘zbekistonda ommaviy diktant tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, xalq savodxonligini ko‘tarish, madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boylik hisoblangan o‘zbek tilining rolini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlarda ommaviy diktant tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbirda o‘zining savodxonlik ko‘rsatkichini aniqlashni xohlovchi fuqarolar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.