Qarshi aeroporti MAK tarkibidan chiqariladi

Qarshi xalqaro aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” tarkibidan chiqarilib ixtisoslashgan xalqaro kompaniya boshqaruviga beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni imzolagan "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi qarorga muvofiq Qarshi aeroporti O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarilib xalqaro kompaniya boshqaruviga beriladi.

Undan tashqari aeroport hududida "ochiq osmon" tartibi kiritilib, arzon biletlar sotuvchi, loukoster aviakompaniyalar hamkorlikka jalb etiladi.

"2018 yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida "Qarshi" xalqaro aeroportini "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida "Ochiq osmon" rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Qarshi" xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin", — deyilgan prezident qarorida.

Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishiningiz mumkin.