O‘zbekiston armiyasi uchun Qozog‘istondan tunda ko‘rish qurilmalari xarid qilindi

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan tunda ko‘rish qurilmalari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Qozog‘iston TOO "KAE" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tunda ko‘rish qurilmalari 2017-yil yakunida O‘zbekiston Qurolli kuchlariga yetkazildi, deb xabar qildi "Qozog‘iston injiniring" MK AJ matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonda so‘zlashdi

Toshkentda o‘tgan yili sentabr oyida o‘tkazilgan "O‘zbekiston-Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi" nomli sanoat ko‘rgazmasida ushbu zavod o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Ko‘rgazmada Qozog‘iston harbiy sanoat majmuasi korxonalari o‘z mahsulotlari — zirhlangan avtomobillar, universal poligon qurilmasi, qo‘mondonlik-shtab mashinalari va radiorele stansiyalari, radioaloqa vositalarini namoyish etmoqda.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan tunda ko‘rish qurilmalari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Bugungi kunda zavod mahsulotlari Qozog‘iston armiyasida foydalanilib, xorijga ham eksport qilinmoqda.