TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Bishkek shahrida Duyshenkul Shopokulov xotirasi uchun o‘tkazilgan turnirda sakkizta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Jami 13ta medallar shodasi uchun Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 146 nafar bokschi kurash olib bordi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni egalladi.