Yekaterinburgda O‘zbekiston konsulxonasi ochilishiga nima xalal bermoqda?

Bir necha oy oldin Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Yekaterinburgda O‘zbekiston elchixonasi ochilishiga “texnik masala” xalal bermoqda, dedi Sverdlovsk viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vasiliy Kozlov, RIA Novosti xabariga asosan.

“Bu hukumatlararo shartnoma masalasi. Sverdlovsk viloyati ushbu borada o‘z zimmasiga olingan vazifalarini bajarib bo‘lgan yoki aniq bajariladi. Biz federal hukumat va O‘zbekiston tomonidan qaror qabul qilinishini kutmoqdamiz. Hal qilinishi kerak bo‘lgan texnik masala bor. Gap Rossiya uchun muqobil tadbirlar haqida ketmoqda”, — dedi Kozlov.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi haqida xabar bergan edik. Konsulxonalar Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donu, Yekaterinburg, Vladivostok shaharlarida ochilishi mumkin.