Farg‘onada dori narxini belgilash tartibini buzgan dorixona yopildi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibini buzgan dorixona nomini ma’lum qildi
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onadagi litsenziyasi tugatilgan dorixonaga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Vazirlik saytida ma’lum qilinishicha, dorixonada dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi aniqlangan.

Reyestr rabotnikov aptek i filialov, deystvie litsenzii kotorix bilo prekrasheno vsledstvie viavlennix narusheniy zakonodatelstva

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori asosida tibbiyotda keng qo‘llaniladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayan narxlar joriy etilgan bo‘lib, yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol buzilgani uchun litsenziyani bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Narxlar davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish asosida o‘rnatilgan tartibda har chorakda belgilanadi.