TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 3-fevraldagi farmoyishi bilan prezident matbuot xizmatining tarkibiy bo‘linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Xususan, prezident matbuot xizmati qoshida yangi tashkil etilgan media-markaz direktori etib Salixov Husan Ravshanovich tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha sektori bosh konsultanti etib Azimov Hurshid Ma’murovich tayinlandi. Usmonov Bobirbek Sobirovich shu sektorning yetakchi konsultanti etib tayinlandi.
Tadbirlarni tayyorlash va yoritish sektorining yetakchi konsultanti etib Samadov Anvar Jovliyevich tayinlandi.