TOShKENT, 5 fev — Sputnik. 2018-yilning 5-fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbirlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.