MOSKVA, 4 fev — Sputnik. Ushbu dam olish kunlari, 3-4 fevralda Moskva eng kuchli qor yog‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Ikki kun davomida yoqqan qor qalinligi 40 sm dan oshdi. Sinoptiklar xabariga ko‘ra bunday kuchli qor yog‘ini oxirgi 100-yilda kuzatilmagan.
Lyudi stoyat na ostanovke radom s zasnejennim parkom vo vremya snegopada v Moskve
© Sputnik / Ivan Sekretarev
/ Moskva bo‘ylab 370ga yaqin daraxtlar qulab tushgan, bir kishi qurbon bo‘lgan bir necha kishi jarohatlangan. Moskva metrosining, bir qismi yer ustidan o‘tgan, Fili yo‘nalishida, temir yo‘lga daraxt qulab tushishi oqibatida metropoliten harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek simlar uzilishi va daraxtlar qulashi oqibatida bir necha tramvay yo‘nalishlari ham vaqtincha ishlamayapti.
Yakshanba kuni Moskvada qor qatlamining umumiy qalinligi 60 santimetrdan oshishi kutilmoqda. Fevral oyi uchun odatiy norma esa — 35 sm.
Ushbu qor uyumlarini tozalash uchun o‘ahar ko‘chalarida 15 ming texnika 70 ming ishchilar ishlamoqda. O‘tgan sutka davomida shahardan 800 ming kubometr qor olib chiqib ketilgan.
Sotrudniki kommunalnix slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstvie snegopada v Moskve.
© Sputnik / Oleg Golod
/ Shaharning asosiy ko‘chalari har to‘rt soatda maxsus avtomobillar yordamida supurilmoqda va qor erituvchi reagentlar, marmar kukuni bilan ishlov berilmoqda.
Moskva shahar transporti tizimi kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Metropolitenning 1800 dan ortiq xodimlari kirish yo‘laklari va metropolitenga yaqin hududlarni tozalamoqda.
Ob-havo tufayli Moskva aeroportlarida ushlab qolingan aviaparvozlar soni 100dan oshdi. Yakshanba kuni kechqurun havo harorati —10 darajagacha sovishi kutilmoqda.