Toshkentda Janubiy Koreyaning yana bir universiteti filiali ochiladi

Filial shu yilning sentabrida o‘z ishini boshlaydi
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti (Bucheon University) o‘z filialini ochadi.

O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Puchon universiteti professori Li Dong Vuk tomonidan bu borada bayonnoma imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Universitet filialida maktabgacha pedagogika va psixologiya fakultetlari ochiladi.

Filial shu yilning sentabrida o‘z ishini boshlaydi.

Ilgariroq Toshkentdagi Inxa universitetida "Xalqaro savdo va hamkorlik" fakultetini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilayotganligi ma’lum qilingandi.