O‘zbekistonda "ZAGS"lar ajrimlarning oldini olish bilan shug‘ullanadi

FHDYo organlari endilikda nafaqat nikohni qayd etishYu balki ajrashishlarning oldini olish bilan ham shug‘ullanadi
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. 2018-yil 1-apreldan boshlab FHDYo tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti imzolagan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonda aytib o‘tilgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarini "begona" tadbirlarga jalb qilish taqiqlandi

FHDYo organlari hokimliklarga nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ysundiriladi, deyiladi hujjatda.

Oila va xotin-qizlar masalalarida tizimli hamkorlikni ta’minlash maqsadida FHDYo organi, "Oila" markazining tuman (shahar) bo‘limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatildi.