O‘zbek yakkakurashchisi Floyd Meyvezer kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Mahmud Murodov o‘tgan yilning dekabrida XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan
Sputnik

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Floyd Meyvezerning "The Money Team" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Endi Murodov ushbu kompaniya nomidan janglarda ishtirok etadi. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Mahmud "TMT"dagi ilk MMA jangchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov o‘tgan yilning dekabrida XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

"The Money Team" kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov ham hamkorlik qiladi.