Tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniyning Samarqanddagi uy-muzeyi restavratsiya qilinadi

Uy-muzey Ayniy tavalludining 140-yilligi arafasida to‘liq restavratsiyadan chiqariladi
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniy uy-muzeyi restavratsiya qilinadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston O‘zbekistondagi tojiklar hamjamiyati faoli Amina Sharofiddinovaga asoslanib.

"O‘zbekiston hukumati taniqli tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniyning Samarqanddagi uy-muzeyini restavratsiya qilishga qaror qildi. Mamlakat hukumati uni ta’mirlash va restavratsiya qilish uchun 300 million so‘m mablag‘ ajratdi", — deyiladi xabarda.

Sharofiddinovaning so‘zlariga ko‘ra, uy-muzey Ayniy tavalludining 140-yilligi arafasida to‘liq restavratsiyadan chiqariladi.

Uy-muzey eski shahar markazida, Registon maydoni yaqinida joylashgan. Yozuvchi bu uyga 1917-yilda kelib joylashgan va deyarli 35-yil shu uyda istiqomat qilgan.