Fidel Kastroning o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi

Kastroning o‘g‘li maktub qoldirganligi xabar qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning to‘ng‘ich o‘g‘li fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart payshanba kuni ertalab Kubada o‘z joniga qasd qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Prensa Latina davlat axborot agentligiga tayangan holda.

Fidel Kastro vafot etdi

Xabarda aytilishicha, so‘nggi bir necha oylar davomida Kastroga u chuqur tushkunlikka tushgani bois shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Avvaliga u gospitalda davolangan, so‘ngra ambulator kuzatuv rejimiga o‘tkazilgan.

Olim o‘z joniga qasd qilishdan oldin maktub yozgan.

Oltmish sakkiz yashar Kastro Dias-Balart hodisa yuz bergan kunga qadar Kuba Davlat kengashi ilmiy masalalari bo‘yicha maslahatchi va Kuba Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan, innovatsiyalar mavzusi bilan shug‘ullangan.

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Rus 2016-yil 25-noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi.