TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bugun o‘tkazilgan Xalqaro Press-klub yig‘ilishida O‘zbekiston olipiya terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov "yulduzlik kasaligi"ga uchramaslik bo‘yicha fikrlarini bayon qildi.
"Birinchi o‘rinda futbolchining o‘ziga bog‘liq. To‘g‘ri, muhtaram prezidentimiz shunchalik bizga e’tibor ko‘rsatib, "Malibu" avtomobilini sovg‘a qilishdi yoki boshqa sovg‘alar bo‘ldi. Lekin bu futbolchi o‘zi har tomonlama o‘ylab ko‘rishi kerak. Misol uchun men nima qilib qo‘ydimki, bundan keyin nima qilaman. Hozir biz avtomobil sovg‘alarini oldik va futbolchi to‘xtab qolib, men o‘zimni darajamga chiqdim deb o‘ylasa, bu chempionlik hech narsa bo‘lmay qoladi. Muxlislar ham buni ko‘radi, "yulduzlik kasalligiga" uchrabdi yoki darajasiga chiqib bo‘libti deydi. Muxlislar ham o‘z e’tiborini qochiradi, unga muxlislik qilishni to‘xtatishadi desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi", — dedi Rustam Ashurmatov.
Rustam Ashurmatov o‘z so‘zida, futbolchi oldiga aniq maqsad qo‘yib, harakat qilsa "yulduzlik kasalligi" yoki boshqa muammolarga duch kelmasligini aytadi.