Rossiya O‘zbekistondan paxta olmasligi mumkin

Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya paxta yetishtirish uchun mumkin bo‘lgan 200 ming gektar maydonga ega
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Kuni kecha,31 yanvar kuni o‘tkazilgan Butun Rossiya agronom sohasi yig‘ilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘simliklar ishlab chiqarish, mexanizatsiyalash, kimoviy moddalar va o‘simliklarni himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Petr Chekmarev Rossiya paxta ishlab chiqarishni boshlaganligini ma’lumot qildi. 

O‘zbekiston AQSh va Belarus Respublikasidan ko‘p miqdorda traktorlar sotib oladi

"Gap shundaki, men hozirgina O‘zbekistondan qaytdim. Uch yildan so‘ng Rossiya O‘zbekistondan paxta sotib ola olomaymiz. Chunki O‘zbekistonda qayta ishlash kombinatlarini qurishni boshlashgan. Ular bizga bir tonna paxta ham berishmaydi", — deb qo‘shimcha qildi Chekmarev.

Shuningdek, Rossiya paxta yetishtirish uchun mumkin bo‘lgan 200 ming gektar maydonga ega ekanligini ta’kidladi.

"Biz paxta yetishtirish bo‘yicha ish boshladik, paxta biz uchun yangi ekindir. Bugungi kunda barcha texnologiya masalalari ko‘rib chiqilgan, bu yil Astraxan va Volgogradda taxminan ming gektar yerga paxta ekish rejalashtirilgan ", — dedi Chekmarev.