"Bilayn" abonent to‘lovini vaqtincha oshirmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlari navbatdagi bosqichi tugagunga qadar abonent to‘lovi o‘zgarishi qoldirildi
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. "Bilayn" kompaniyasi tarif rejalari o‘z holatida qolishini ma’lum qildi.

"Shuni ma’lum qilamizki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab, kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha e’lon qilingan o‘zgarishlar bekor qilindi — Beeline tarif rejalari o‘z holatida qoladi", — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyaning bildirishicha, hozirda bonuslardan to‘liq foydalanish qiyin bo‘lmoqda, shu munosabat bilan narxlar qaytadan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlari navbatdagi bosqichi tugagunga qadar abonent to‘lovi o‘zgarishi qoldirildi.