Yangi o‘quv yilida uch oliygohda sirtqi bo‘limlar ochiladi

Sirtqi bo‘limga sohada kamida 3-yillik tajribaga hamda Arxitektura qurilish qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ega bo‘lgan mutaxassislar to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. 2018/2019 o‘quv yilidan uch arxitektura oliy o‘quv yurtlarida sirtqi ta’lim shakliga abuituriyentlar qabul qilina boshlaydi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarorida xabr qilingan.

“Vazirlar Mahkamasining Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi”, — deyilgan "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida.

Qarorda aytilishiga ko‘ra 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagi utcha oliy ta’lim maskanlarida sirtq bo‘limlar ochiladi:  

  • Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
  • Namangan muhandislik- qurilish instituti;

Sirtqi ta’lim olishni istagan abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Arxitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lishi;
  2. “Davarxitekturqurilish” qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan hamda test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Qabul qilinadi

Maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.