Qashqadaryo viloyati Soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat Soliq qo‘mitasi rahbari etib Abdusalom Yo‘ldoshev tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyati soliq qo‘mitasi raisi Sobir Rahmonqulov vazifasidan ozod qilindi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Qashqadaryo viloyat Soliq qo‘mitasi rahbari etib, Davlat Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Abduqahhorovich Yo‘ldoshev tayinlandi.

Abdusalom Yo‘ldoshev 1967-yilda tug‘ilgan, 1990-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini bitirgan, 1996-yilda Davlat va jamiyat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Davlat organlari tarkibida 1992-yildan buyon ishlab kelmoqda. 2012-yildan buyon Davlat Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.