Tojikistonda Sputnik muxbiri vafot etdi

Jurnalist avtomobil avariyasidan so‘ng og‘ir ahvolda kasalxonada vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Tojikistonda Sputnik radiosi muxbiri Galim Fasxutdinov vafot etdi.

"Tojikistondan ishlayotgan Sputnik radiosi muxbiri vafot etgani haqida xabar oldik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muxbirni avtomobil urib ketgan. Og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan muxbir o‘sha yerda vafot etgan", — deyilgan Sputnik Tojikiston xabarida.  

Galim Fasxutdinov ko‘p yilllar daovmida radioda ishlagan, maqolalar yozgan va fotosuratlar rasmga olgan. Hamkasabalari uni o‘z kasbining ustasi bo‘lgani va kasbiga bo‘lgan muhabbati uchun hurmat qilishar edi.

Galimning do‘stlari va hamkasabalari bo‘lib o‘tgan voqeadan chuqur iztirob chekmoqda va uning yaqinlariga o‘z hamdardliklarini bildirishmoqda.