Shvetsiyada terrorchilik qilgan Akilov ustidan sud 13-fevralda boshlanadi

Raxmat Akilov radikal islom g‘oyalari ta’sirida terrorchilik jinoyati amalga oshirishda va odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yishda ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Stokxolmda o‘tgan yili amalga oshirilgan teraktda ayblanayotgan Raxmat Akilov ustidan sud 13-fevralda boshlanadi, bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.

Shvetsiya porkuraturasi Raxmat Akilovga seshanba kuni rasman ayblov qo‘yidi va ishini sudga oshirdi. Sud majlislari 9-mayga qadar davom etadi va sud hukmi iyun o‘rtalarida o‘qilishi kutilmoqda.

"Qamoq jazosi muddati tugaganidan keyin, ushbu shaxs ekstratsiya qilinishi kerak…. Mening maqsadim shuki — u hech qachon bizning mamlakatda erkin yura olmasin", — dedi prokuror Xans Irman jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston fuqarosi 39 yoshli Raxmat Akilov 2017-yilnig 7-aprelida yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan edi. Fojea oqibatida 5 kishi qurbon bo‘lgan 15 kishi jarohatlangan edi.