TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida otasi bilan tushgan suratni chop etib, u haqda o‘z xotiralarini yozgan.
Lola Karimova-Tillyayeva otasi uning tushlariga ko‘p kirishi, shuningdek bir yil oldin otasi kabinetida bo‘lganda, uning ish stoldagi qo‘lozmalarni olib o‘z javoniga solib qo‘yganligini yozgan.
"Sizni yana tushimda ko‘rdim. Tushlarimga juda ko‘p kirasiz, va ba’zida siz hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek yelkangizdan quchib yuzingizdan o‘pib qo‘ygandek, taftingizni his qilgandek tuyg‘usi bilan uyg‘onib ketaman. Men juda — juda ham sizni sog‘indim…. Bir yil oldin sizning kabinetingizda bo‘lganimda, men ish stolingiz ustidagi qo‘lozmalaringizni olib, o‘z stol javonimga solib qo‘ygandim", — deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva.
Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Yanv 29, 2018 at 8:20 PST
"Kuni kecha qizalog‘im Safiya (u olti yoshga kirdi va juda ham sizga o‘xshaydi), o‘sha javonni ochgan edi, ko‘z yoshlarimizni tiyib turolmadik….qizcham boshini ko‘targisi kelmas, chunki ko‘zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi….keyin esa ozgina vaqt o‘tib, u ko‘z yoshi aralash sukunatni yengishga harakat qilib, menga boqdida: "Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutayaptilar" dedi. Ba’zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz — o‘z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz", — deb yozgan Lola Karimova-Tillyayeva.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston birinchi prezidenti, davlat va jamoat arbobi Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Karimov 2016-yilning 2-sentabrida 78 yoshida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Samarqandda dafn etildi.