TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Toshketdagi suv kanallari ustidan o‘tgan quvurlar atrofi maxsus to‘siqlar bilan yopiq qo‘yiladi.
Qora-qamish mavzesidagi suv kanalida 5-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketgandan so‘ng, bu masalada Toshkent shahar hokimi tegishli qaror qabul qildi.
Hozirgi vaqtda taqiqlovchi belgilar va to‘siqlar o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
FVV matbuot xizmati suv kanallari orqali to‘silmagan quvurlar haqida xabar berish yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi.
Ma’muriyat rahbari barcha kommunal xizmatlar ishtirokida ishchi guruh tuzilishi haqida topshiriq berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Qora-qamish mavzesidagi suv kanalida do‘stini qutqarishga uringan 12 yoshli bola cho‘kib ketdi.