Samarqandda Islom Karimov maqbarasi ochildi

Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Bugun Samarqandda Islom Karimov maqbarasi ochildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati

Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

"Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda Birinchi Prezidentimizning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlariga munosib ulug‘vor maqbara majmua bunyod etildi", — deyilgan xabarda.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80-yilligi butun respublika bo‘ylab keng nishonlanmoqda.Biroz oldin Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochilgan edi.

Islom Karimov maqbarasi qurilishi haqidagi batafsil hikoyamiz bilan quyida tanishishingiz mumkin.

V gorode Samarkande otkrit mavzoley Islama Karimova