AQSh Alisher Usmonovni "kreml ro‘yxati"ga kiritdi

Kelajakda ushbu ro‘yxatga kiritilgan 200 nafar rossiyalik biznesmen va kompaniya rahbarlariga nisbatan AQSh tomonidan turli cheklovlar va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQSh Moliya vazirligi kelajakda sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

"Kreml ro‘yxati" deb nom olgan yangi ro‘yxada  96 nafar rossiyalik yirik biznesmenlar, 114 nafar mansabdor shaxslar va davlat korxonalari rahbarlari kiritilgan.

Xususan ushbu ro‘yxatdan Oleg Deripaska, Roman Abramovich, Vladimir Potanin, Vagit Alekperov, Yuriy Kovalchuk, German Gref, Vladimir Bogdanov, Leonid Fedun, Filaret Galchev, Sergey Galiskiy va Oleg Budargin kabi Rossiyaning taniqli biznesmenlari va davlat kompaniyalari rahbarlari o‘rin olgan.

AQSh senatorlari Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar kiritishni talab qilmoqda

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga nisbatan kelajakda AQSh tomonidan turli cheklovlar va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Rossiya tomoni, o‘z navbatida, AQSh tomonidan qilinayotgan ushbu hatti-harakatlarni 2018-yilda kutilayotgan "prezident sayloviga xalal berishga urinish" deb baholadi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSh Ukraina bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unga 21 nafar tan olinmagan DXR va LXR davlatlari mansabdor shaxslari kiritilgan edi. Undan tashqari ushbu ro‘yxatdan Ukraina va Rossiyada ro‘yxatga olingan 9ta kompaniya ham o‘rin olgan edi.