Sergelida yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olindi

Chaqaloq sport sumkasida ko‘chaga tashlab ketilgan, ayni damda bola kasalxonaga joylashtirilgan, huquqni saqlash organlari uning onasini qidirmoqda.
Sputnik

TAShKENT, 30 yanv — Sputnik. Toshkentning Sirg‘ali tumanida yashovchi fuqaro 27-yanvar kuni soat 14:00 atrofida ko‘chada tashlab ketilgan bolakayni topib oldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq Sirg‘ali tumanidagi Lutfqor 4-chi tor ko‘chasidan topib olingan. Kimdir uni sport sumkasi ichida qoldirib ketgan. O‘sha kuni havo harorati ancha sovuq bo‘lgan.

Ayni damda bolakay kasalxonada, uning onasini topish ishlari olib borilmoqda.