Qozog‘istonda uzun soqol va niqob ta’qiqlanishi mumkin

Fuqarolar diniy erkinligi avvalgidek saqlanib qoladi, coqol qo‘yib yurish, hijobda yurish mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda soqollar ko‘rinishini va yuzni yopib turuvchi niqoblar turini belgilovchi yangi qonun qabul qilinishi mumkin. Bu haqida Qozog‘iston Diniy ishlar vaziri xabar berdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, faqat ayrim turdagi, aynan buzg‘unchi diniy oqimlarga xos soqol turlari ta’qiqlanadi. Yangi qonunda soqollarning umumiy ko‘rinishi ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga soqol egasining xulq atvori va nimalar haqida gapirayotganiga ham e’tibor beriladi, — deydi Qozog‘iston Diniy ishlar vaziri Nurlan Yermekbayev.

Yangi qonunda shuningdek yuzni to‘sib turuvchi har qanday niqoblar ham ta’qiqlanishi mumkin. Bular niqob, paranji, ro‘mol, balaklava va boshqa  insonning aynan yuz qismini to‘sib turuvchi narsalar.

Vazir alohida ta’kidlab aytishiga ko‘ra, fuqarolar erkinlikni hech kim cheklamoqchi emas. Qozog‘istonda diniy erkinlik avvalgidek saqlanib qoladi. Soqol qo‘yib yurish, hijobda yurish mumkin bo‘ladi.