O‘zbekistonda diplomni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha onlayn xizmat joriy etildi

Bundan oldin respublikaning chekka tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun markazga bir necha marta kelishi zarur bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha interaktiv xizmat joriy etildi, deb xabar qildi ushbu davlat inspeksiya matbuot xizmati.

Prezident bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qildi

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasi bitirganlik to‘g‘risida diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Shundan so‘ng, davlat inspeksiyasiga bir marta suhbat yoki imtihon topshirish uchun kelish zarur.

Kelgusida idora nostrifikatsiya imtixonlarni viloyatlarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.