Qobuldagi portlashda 95 kishi qurbon bo‘ldi

Xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan tez yordam mashinasini odam gavjum joyda portlatib yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Kecha, 27-yanvar kuni Qobulning diplomatik vakolatxonalar joylashgan tumanida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar qilmoqda Tolonews telekanali.

Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga qilingan hujumda 43 kishi qurbon bo‘ldi

Terakt xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. U ichida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan tez yordam mashinasini odam gavjum joyda portlatib yuborgan.

Portlashda 95 kishi qurbon bo‘ldi, 160 ga yaqin kishi jarohatlandi. Qurbonlarning aksariyati oddiy fuqarolar. Jarohatlanganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Jarohatlanganlarning ko‘pchilligi og‘ir ahovolda.

Qobul tezkor yordam ko‘rsatish shifoxonasida o‘rinlar yetishmagani tufayli jarohatlanganlar kasalxona oldidagi maydonda joylashtirilgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” terrorchilar guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta oldin Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga hujum uyushtirilgan va unda 43 kishi qurbon bo‘lgan edi.